O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 14 mingga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 14-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 121 kishiga oshib, 13 993 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining barchasi — 121 nafari Toshkent shahrida aniqlangan. Shundan 86 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 35 nafari esa aholi orasida qayd etilgan.

Ayni paytga qadar O‘zbekistonda 8 074 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi. Hozirda 5 854 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 61 yoshli ayol vafot etib, O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 65 nafarga yetgani xabar qilingandi.