Samarqandda yana 20 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 2020-yil 14-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13872 nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 14-iyul kuni Samarqand viloyatida 20 nafar shaxsda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasidan qayd etilgan.

Avvalroq Samarqandda karantinga olingan fuqarolarning 15 nafarida koronavirus aniqlangan edi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 8030 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. Umumiy 5778 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 53 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар