Qo‘shrabot tumani aholisi 15—16-iyul kunlari tabiiy gaz ta’minotidan uziladi

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani aholisi 15—16-iyul kunlari gaz ta’minotidan uziladi. Bu haqda Telegram’dagi “Samarqandliklar” kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Mitan-Zarkent” yuqori bosimli quvurlarga kompensatorlar o‘rnatilishi sababli 15-iyul soat 8:00 dan 16-iyul soat 17:00 ga qadar “Mitan” GRSdan tabiiy gaz berilishi to‘xtatiladi.

“ ‘Qo‘shrabottumangaz’ gaz ta’minoti filiali keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Kattaqo‘rg‘on shahrining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatilishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida kuz-qish mavsumi uchun gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish to‘liq bajarilgani ma’lum qilingan.

Янгиликлар