Toshkent shahri aholisi COVID-19 bo‘yicha murojaat qilishi mumkin bo‘lgan raqamlar e’lon qilindi

Toshkent shahar hokimligi fuqarolar uchun COVID-19 bo‘yicha savollarga tun-u kun javob beruvchi telefon raqamlarni tumanlar kesimida e’lon qildi. Bu haqda hokimlikning matbuot xizmati xabar berdi. 

Unga ko‘ra fuqarolar,

Bektemir va Mirobod tumanlari 71 289 52 33;

Sergeli tumani 71 208 72 23;

Mirzo Ulug‘bek tumani 71 208 72 55;

Uchtepa tumani 71 289 49 98;

Yashnobod tumani 71 289 73 32;

Chilonzor tumani 71 289 73 27;

Yakkasaroy tumani 71 289 52 88;

Yunusobod tumani 71 289 61 15;

Olmazor tumani 71 208 54 42;

Shayxontohur tumani 71 208 70 11 raqamlariga 24 soat davomida qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasi bilan jami kasallanganlar soni 15-iyul 10:00 holatiga ko‘ra, 14 293 ga yetgan bo‘lib, shulardan 4 092 tasi Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri keladi. Respublika bo‘yicha koronavirusdan vafot etgan 68 kishining 42 nafari Toshkent aholisini tashkil etadi.

Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov O‘zbekistonda karantin hozir kuchaytirilmasa, dekabrgacha koronavirusga chalinganlar soni 64 mingga yetishi mumkinligi haqida ma’lum qilgandi.

Янгиликлар