Farg‘onada yuk mashinasiga urilgan “Nexia” bir uyum temirga aylandi. Haydovchi voqea joyida vafot etdi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida “Nexia” qarama-qarshi harakatlanib kelayotgan yuk mashinasiga urilib ketdi. “Nexia” haydovchisi vafot etdi. Bu haqida Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Ichki ishlar boshqarmasi

Ma’lumotlarga ko‘ra, 13-iyul kuni fuqaro E.F. “Nexia” avtomobilini “Sho‘rsuv” mahallasida haydab ketayotib, qarama-qarshi harakatlanib kelayotgan M.A. boshqaruvidagi “Shacman” rusumli yuk avtomashinasiga urilib ketgan. “Nexia” avtomashina haydovchisi E.F. hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘onada “Spark” haydovchisi voyaga yetmagan shaxsni urib yuborgani, o‘smir hodisa joyida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар