Tramp Yevropa Ittifoqini AQShda ekspluatatsiya qilganlikda aybladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqi (YI)ni AQShni ekspluatatsiya qilganlikda va amerikaliklarga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lganlikda aybladi, deya xabar berdi RBK.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi hech qachon AQShga yaxshi munosabatda bo‘lmagan. AQSh va YI ulkan iqtisodiy raqobatdadir. Prezident bu fikrni Oq uyda jurnalistlar oldida nutq so‘zlaganida aytib o‘tgan.

AQSh prezidenti o‘z nutqida Yevropa Ittifoqini bir necha bor tanqid qilgan. AQSh va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlardagi qiyinchiliklar savdo siyosati bilan bog’liqligini ta’kidlagan. Ushbu tanqidlar AQShning YIdan po‘lat (25%) va alyuminiy (10%)ga bojlar kiritgandan keyin paydo bo‘lgan keskin vaziyat tufayli yuzaga kelgan. Bunga javoban YI Amerika tovarlariga bojlarni oshirish masalasini muhokama qila boshlagan.

Qo‘shma Shtatlar va YI o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning yangi bosqichi koronavirus pandemiyasi davriga to‘g’ri keldi va o‘zaro cheklovlar bilan davom etdi. Xususan, 11-mart kuni Yevropa mamlakatlarida infeksiyaning tez tarqalishi davrida Donald Tramp YIning AQShga kirishini taqiqladi. Yevropa Komissiyasi va Yevropa Kengashi ushbu qarorni qoralab, ko‘p o‘tmay AQShning ham YIga kirishini taqiqlagan.

Keyinchalik Yevropa mamlakatlarida epidemiyaning tarqalishi nazoratga olinganiga qaramay, Tramp taqiqni bekor qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligiga munosabat bildirgan.

Avvalroq Donald Trampning maslahatchisi koronavirusga chalinib, u Tramp o‘g‘lining qiz do‘sti ekanligi haqida xabar qilingandi.

Янгиликлар