Amerikalik olimlar eng samarali niqob turini aniqladi

Amerikalik tadqiqotchilar tomonidan eng samarali niqob turi aniqlandi, deb xabar berdi Tengrinews.

Olimlar tomonidan N99 va N95 tibbiy tipdagi niqoblar virus zarralarini filtrlashda eng samarali ekanligi isbotlandi. Ushbu niqoblar ifloslangan muhitda 20 daqiqadan so’ng infeksiya xavfini 94-99 foizga kamaytiradi. Shuningdek, undagi tolalar filtrlashga yordam berib, mikroblarning yuqishiga yo’l qo’ymaydi, yuzga mahkam yopishib turadi.

Foto: orinfo.ru

Ta‘kidlanishicha, bir marta ishlatiladigan jarrohlik niqoblari samaradorligi bo’yicha ikkinchi o’rinni egallagan.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, 194 davlatda o’tkazilgan dastlabki tahlillar niqob taqib yurish tartibiga rioya qilinmagan mamlakatlarda o’lim ko’rsatkichi yuqori bo‘lganligini ko‘rsatgan.

Tadqiqotchilar uy sharoitida paxta va ipak, shifon yoki flanel kabi materiallardan foydalangan holda mustahkam niqoblar tayyorlashni maslahat bergan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa uch qatlamli, o‘rtasida filtri bor niqoblardan foydalanishni tavsiya etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda avtomobil salonida yolg‘iz ketayotgan haydovchi ham niqobda yurishi kerakligi ma’lum qilingan.

Avvalroq olimlar tibbiy niqoblar bolalarni virusdan himoyalashiga shubha bildirgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар