Andijonda 600 gektar yer maydoni bog‘dorchilikka qiziqqan yoshlarga ajratilishi belgilandi

Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida 600 gektar yer maydoni andijonlik yigit-qizlarga ajratilishi belgilandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Infografika: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi bilan Ulug‘nor tumanidagi 600 gektar yer maydoni bog‘dorchilikka qiziqqan yoshlarga 5—10 gektardan ajratilishi belgilangan.

“Hurmatli andijonlik yigit-qizlar, endi siz o‘zingiz istagandek bog‘dorchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishingiz mumkin. Aziz yoshlar, imkoniyatdan foydalanish vaqti keldi”, — deyiladi hokimlik xabarida.

Mazkur yo‘nalishdagi barcha savollarga +99 899 909 10 14 telefon raqami orqali batafsil javob olish mumkin.

Avvalroq Andijonda ehtiyojmand hamda tadbirkorlikka ishtiyoqi baland maktab bitiruvchilariga 20 mingta jo‘ja tarqatilishi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 9-iyul kuni Xovuskon ziyoratgohida pandemiya sharoitida ogʻir vaziyatda qolgan xotin-qizlarga 15 ta nogironlar aravachasi, 10 ta tikuv mashinasi, 17 ta minipech, 7 ta parkoʻrpa, 6 nafar ayolga 50 tadan parranda, bir nafar nogiron ayolning farzandiga noutbuk, bir nafar ayolga esa kir yuvish mashinasi taqdim etilgani haqda xabar berilgandi.