Farg‘onada “Nexia” voyaga yetmagan piyodani urib yubordi (foto)

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida 1-iyul kuni fuqaro X.I. “Nexia” mashinasini haydab ketayotib, voyaga yetmagan shaxsni urib yubordi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Ichki ishlar boshqarmasi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Fuqaro X.I. Furqat tumani Chekchuvaldoq qishlog‘ida “Nexia” mashinasini haydab ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan S.M.ni urib yuborgan. Oqibatida S.M. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Ichki ishlar boshqarmasi

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Ichki ishlar boshqarmasi

Avvalroq Farg‘onada “Matiz” va “Damas” ishtirokidagi YTHda bir kishi jarohat olgani, Farg‘onada yuk mashinasiga urilgan “Nexia” bir uyum temirga aylanib, haydovchi voqea joyida vafot etgani va Rishtonda daraxtga urilgan “Matiz” haydovchisi hodisa joyida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.