O‘zbekistonda o‘tgan bir kechada salkam 300 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 15 349 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 17-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 15 349 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 93 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 144 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 25 nafari Samarqand viloyatida, 21 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda 8783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 6490 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 58 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq Toshkentda koronavirusga chalingan 48 yoshli erkak vafot etib, O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 76 taga yetgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusdan ogohlantiruvchi mobil ilova yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlangani rasman tan olindi.

Янгиликлар