Uy sharoitida dokaga spirt tomizib, undan nafas olsa, koronavirus o‘ladimi? Mutaxassis javob berdi

AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov koronavirus infeksiyasi borasida aholidan tushgan savollarga javob qaytardi.

Ijtimoiy tarmoqlarda uy sharoitida dokadan qilingan niqobga spirt tomizib yuring, koronavirus yuqmasligini ta’minlaydi, degan videolar tarqalib ketdi. Nurmat Otabekov shu haqidagi savolga javob berdi:

“Aksariyat antiseptik vositalar tarkibidan spirt borligi haqida biz bilamiz va eshitganmiz. Spirt pari bilan nafas olish, yuqori nafas yo‘llaridagi virusni o‘ldirishi bo‘yicha alohida izlanishlar olib borilib, ijobiy tasdiqlangan ma’lumotlar olinganligi haqidagi axborotlarga ko‘zimiz tushmadi. Ammo bilib-bilmay, me’yordan ortiq ishlatish, albatta, salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini hech kim esdan chiqarmasligi kerak”, — dedi u.

Avvalroq Nurmat Otabekov O‘zbekistonda kasallanganlar to‘g‘risidagi statistika kamaytirib ko‘rsatilmayotganligini ta’kidlagandi.

Янгиликлар