“O‘zgidromet” Farg‘onada dam olish kunlari sel kelishidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” 18—19-iyulda Farg‘onada kutilayotgan holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: “Sreda.uz”

Qayd etilishicha, shu kunlarda kutilayotgan lokal (mahalliy) yomg‘irlar munosabati bilan Farg‘ona viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Hodisa tufayli noxush holatlar yuzaga kelganda Favqulodda vaziyatlar vazirligining 1050 qisqa raqamiga murojaat qilish lozim.

Eslatib o‘tamiz, 18-iyulda hududda havo biroz bulutli bo‘lishi, ba’zi joylarda o‘zgarib turishi xabar qilingan edi. Shu kuni shamol sharqdan 5—10 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 19—24 daraja, kunduzi 34—39 daraja bo‘ladi.

Янгиликлар