Andijonda 19-iyul kuni qanday ob-havo kutilmoqda?
“O‘zgidromet” 19-iyul, yakshanba kuni Andijon viloyatida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Kadr: YouTube
Unga ko‘ra, viloyatda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3—8 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 19—24 daraja, kunduzi 34—39 daraja issiq boʻladi.
Avvalroq “O‘zgidromet” Andijonda dam olish kunlari sel kelishidan ogohlantirgani haqda xabar berilgandi.