O‘zbekistonda yana 243 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda yana 243 kishida koronavirus aniqlandi. 2020-yil 19-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 429 nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 45 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 77 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 36 nafari Andijon viloyatida, 22 nafari Namangan viloyatida, 18 nafari Toshkent viloyatida, 17 nafari Buxoro viloyatida, 15 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 1 nafari Jizzax viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Esaltib o’tamiz, O‘zbekistonda 9127 nafar koronavirus infeksiyasiga chalinganlar sog‘aygan.

“Hozirda 7218 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolanmoqda. Ulardan 72 nafari og‘ir, 21 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda”, – deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 84 taga yetgani xabar berilgan edi.

Янгиликлар