Samarqandda davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Alovuddin Inagamov Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda DSQ axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Inagamov Alovuddin Husniddinovich 1980-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2002-yilda Toshkent soliq kollejini, 2009-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Ma’lumot uchun, A.Inagamov bunga qadar Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Alovuddin Inagamov soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 2002-yilda Toshkent shahri Yunusobod tumani DSI Buxgalteriya hisobi va ta’minoti bo‘limi 1-darajali hisobchisi lavozimidan boshlagan. U 2002-yildan 2019-yilgacha Toshkent shahrining bir qator tuman davlat soliq inspeksiyalarida va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan.

Shuningdek, A.Inagamov — Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.

Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziriga to‘rtta o‘rinbosar tayinlangandi. Ularning orasida Elmira Bositxonova hamda DSQ raisi o‘rinbosari ham borligi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, IIB boshlig‘i o‘rinbosari Farg‘ona tumaniga hokim bo‘lgani, O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisiga yangi o‘rinbosar tayinlangani, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар