Samarqandda yana 9 kishida koronavirus aniqlandi

Samarqand viloyatida koronavirus bilan kasallanganlar soni yana 9 nafarga ortib, 734 kishini tashkil etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda 2020-yil 19-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 429 nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 19-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida 559 kishi koronavirusdan sog‘aygan.

Avvalroq Samarqandda bir sutkada 144 nafar bemorda koronavirus aniqlangani, keyinchalik 22 kishida va yana 20 nafar bemorda koronavirus qayd etilgani xabar qilingandi.

Янгиликлар