O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 16 700 nafardan oshdi

O‘zbekistonda 19-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 145 nafarga ko‘payib, 16 752 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi  xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kasallangan bemorlarning 77 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 29 nafari Andijon viloyatida, 26 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 13 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, 19-iyul kuni Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 108 nafar, Sirdaryo viloyatida 16 nafari, Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, Andijon viloyatida 11 nafar, Qoraqalpog‘istonda 2 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 1 nafar, jami 152 nafar bemor tuzaldi.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan fuqarolar soni 9279 nafarga yetdi. Davolanayotganlar  7386 nafarni tashkil etmoqda. 

Avvalroq Toshkentda koronavirusga chalingan 39 yoshli erkak vafot etib, O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 87 taga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар