Shavkat Mirziyoyev Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutini Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-iyul, seshanba kuni yer hisobi va davlat kadastrlarini to‘liq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tuproq sifatini baholash, yerlarni rivojlantirish, ekinlarni joylashtirish bilan bog‘liq vazifalarini, shuningdek, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutini Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazish taklifi bildirilgan.

“Jahon bankidan ajratilayotgan 87 million dollar hisobidan mazkur institut faoliyatini rivojlantirish, laboratoriyalarini yangilash muhimligi qayd etildi. Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yil yakunigacha 10 ming gektar yer maydonining tuproq tahlilini va agrotexnologik xaritalarini tayyorlash vazifasi qo‘yildi” — deyiladi rasmiy xabarda.

Shavkat Mirziyoyev sun’iy yo‘ldosh kanallarini ijaraga olish va signallarni qayta ishlash tizimini tashkil etishga ko‘rsatma bergan edi.

Янгиликлар