Immun tizimini mustahkamlovchi dorilar koronavirus bemorlari uchun xavfli bo‘lishi mumkin

Immun tizimini ragʻbatlantiruvchi taʼsirga ega dorilar COVID-19’da xavfli boʻlishi mumkin. Baʼzi ogʻir bemorlarda “sitokin boʻroni” paydo boʻladi. Shu sababli COVID-19 boʻlgan bemorlarga immun tizimini ragʻbatlantiruvchi dorilarni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Bu haqda “Milliy” telekanalidagi “Tez yordam” dasturida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, immun tizimini rag‘batlantiruvchi dorilar quyidagilar:

— “Rutan”;

— “Imun-5”;

— “Ergoferon”;

— “Sikloferon”;

— “Kagotsel”;

— “Sikloferon”;

— “Akridoferon”.

Virusga qarshi samarasi isbotlanmagan preparatlar:

— “Umifenovir” (Arbidol);

— “Groprinosin”;

— “Ribafirin”;

— “Ingavir”;

— “Asiklovir”.

Shuningdek, bronxolitik dorilar:

— “Salbutamol”;

— “Eufilin”.

Nojoʻya taʼsirining xavfi yuqori boʻlgan vositalar:

— “Gidroksiklorokin” (Plakvenil);

— “Plakvenil” va “Azitromitsin” kombinatsiyasi;

— Antibiotiklar;

— “Azitromitsin”

— Har qanday osma ukollar

Avvalroq virusolog Ra’no Qosimova va Dildora Sekler koronavirusning og‘ir formasida qanday belgilar kuzatilishi haqda ma’lumot bergandi. Ta’kidlanishicha, og‘ir formaning dastlabki belgisi bir necha kun davomida tana haroratining 38 dan yuqori bo‘lishidir.

Янгиликлар