Koronavirusga qarshi qo‘llanilayotgan “Plakvenil” dorisi yurakning to‘xtashigacha olib kelishi ma’lum qilindi

“Plakvenil” va “Azitromitsin” dorisi yurakning to‘xtashigacha olib kelishi mumkin. Bu haqda immunolog-infeksionist Aziza Xo‘jaeva ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Ta’kidlanishicha, “Plakvenil” dorisi immunitetni susaytiradi. Uni iste’mol qilgan bemorlarning tana harorati qaytadan ko‘tarilmoqda. Immunitet sun’iy ravishda pasaytirilgani uchun mikroblar bilan kurasha olmaydi. Shu sababli koronavirusning ikkinchi to‘lqini kelib chiqdi.

Shuningdek, “Plakvenil” dorisining zararli ta’sirlari tufayli uni iste’mol qilishni to‘xtatish zarur. Koronavirus yoki shamollashga qarshi bepul berilgan taqdirda ham uni iste’mol qilmaslik mutaxassislar tomonidan tavsiya etiladi.

Avvalroq spirtli ichimliklarni iste’mol qilish koronavirusni yo‘qotishga yordam bermasligi to‘g‘risida ma’lum qilingandi.

Янгиликлар