O‘zbekiston 2 ming tonnadan ziyod tarvuz eksport qildi

O‘zbekistondan xorijga 2020-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, qiymati 886,4 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 068,3 tonna tarvuz mahsuloti eksport qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Davlat statistika qo‘mitasining axborot xizmati

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, tarvuz mahsulotining eksporti bo‘yicha Rossiya 1179 tonna ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Lekin bu ko‘rsatkich 2019-yilning mos davriga nisbatan 228 tonnaga kam.

Bundan tashqari, o‘zbek tarvuzlari Belarus, Estoniya, Mongoliya, Polsha, Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina, Qirg‘iziston hamda Birlashgan Arab Amirliklariga ham eksport qilinmoqda.

Aniq raqamlarga murojaat qilinsa, Qozog‘istonga 319,2 tonna, Qirg‘izistonga 216,5 tonna, Ukrainaga 184,5 tonna va Belarusga 148,1 tonna tarvuz eksport qilinganini ko‘rish mumkin.

Avvalroq Samarqand viloyatida yil boshidan buyon 132,7 million AQSh dollar miqdorida tovarlar eksport qilingani va Qashqadaryoning sariq tarvuzlari ilk bor eksport qilingani haqda xabar berilgan edi.

Янгиликлар