Bolgariyalik yozuvchi O‘zbekiston haqida kitob yozdi

Bolgariyalik yozuvchi Mariya Filipova Xadjining O‘zbekistonga bag‘ishlangan “To‘rtinchi ustun” nomli kitobi nashrdan chiqdi. Kitob bolgar tilida Plovdiv shahridagi “IMEON” nashriyotida chop etilgan.

Foto: “O‘zA”

Ma’lum qilinishicha, Mariya Filipova ushbu asarini 2018-yil O‘zbekistonga safaridan keyin yoza boshlagan. O‘sha yili u O‘zbekistonda tashkillashtirgan “O‘zbekistonda chet ellik yozuvchi va rassom rezidensiya”da mustaqil dasturining ilk ishtirokchisi bo‘lgan. Ayni paytda bolgar yozuvchisi o‘zbekistonlik do‘stlari bilan ushbu asarini rus tiliga tarjima qilmoqda.

“Asar bosh qahramoni butun hayoti davomida ota-bobolari yurti bo‘lmish O‘zbekistonga talpinib yashaydi, turmushidagi har bir ishora uni Markaziy Osiyoga yo‘naltiraveradi. Asardagi ko‘p voqea-hodisalar uydirma emas, ayni haqiqatdir”, — deydi kitob muallifi.

Avvalroq Misrda o‘zbekistonlik olimning oila huquqi haqidagi kitobi arab tilida nashr etilgan edi.

Янгиликлар