Hindiston O‘zbekistonga insonparvalik yordami sifatida 7 mln dona tabletka yubordi
Dehlidan yuborilgan insonparvarlik yuki “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi samolyoti orqali Toshkentga yetib keldi.
Foto: “O‘zA”
Ma’lum qilinishicha, ushbu insonparvarlik yuki zarur tibbiy vositalar, jumladan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda samarali hisoblangan 7 million donaga yaqin tabletkalarni o‘z ichiga oladi.
Foto: “O‘zA”
“Ushbu yuk O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi tomonidan Hindiston Kimyoviy mahsulotlar va o‘g‘itlar vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sanoati departamenti bilan birgalikda shakllantirildi”, — deyiladi xabarda.
Umumiy vazni 5 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami tegishli vazirlik va idoralariga topshirilgan.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti O‘zbekistonga 4 million dollarlik insonparvarlik yordami yuborgan edi.