May—iyun oylarida COVID-19’ning O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga qanday ta’sir qilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jahon banki bilan hamkorlikda “O‘zbekiston fuqarolarini tinglash” loyihasi doirasida COVID-19’ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Bu haqda markazning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Foto: “Review.uz”

Aholining bandligi jadal sur’atlarda oldingi darajalarga qaytishda davom etmoqda. Iyun oyida mahalliy mahsulotlarning tanqisligi kamaydi.

Foto: “Review.uz”

Ma’lumot uchun: «O‘zbekiston fuqarolarini tinglash» loyihasi (Listening to Citizens of Uzbekistan, L2CU) 1500 xonadonlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish orqali butun respublikadagi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganishni ko‘zda tutadi. 2019-yildan buyon loyiha doirasida 22 ta so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘nggi so‘rovnoma 2020-yilning 21-iyunida o‘tkazilgan.

Tadqiqot natijalari:

Bandlik darajasi

Iyun oyida aholining bandligi jadal sur’atlarda oldingi darajalarga qaytishda davom etdi. Kamida bitta oila a’zosi bo‘lgan uy xo‘jaliklarining ish bilan bandlik darajasi aprel oyida keskin 40 foiz punktiga qisqargan bo‘lsa-da, keyinchalik iyun oyida 33 foiz foiz punktiga ko‘paydi. Shunday bo‘lishiga qaramay, xonadonlar a’zolaridan kimdir ishidan ayrilgan yoki ishlamay qolgani haqida xabar bergan respondentlar soni aprel oyida 19 foizga o‘sdi va iyun oyida yana 3 foizga ko‘paydi. So‘rovnomada deyarli barcha respondentlar faoliyatini to‘xtatib turilishini vaqtinchalik deb hisoblagan. Biroq bandlik darajasi 2019-yildagiga nisbatan pastroq bo‘lsa-da, COVID-19 pandemiyasidan oldingi tendensiyalar saqlanib qolmoqda.

Bandlikning pasayishi o‘zini o‘zi ish bilan band qilganlar orasida eng sezilarli va uzoq vaqt davom etdi. O‘zini ish bilan band qilganligini ko‘rsatgan respondentlarning ulushi aprel oyida 67 foizga tushib, iyun oyida 26 foizga pasayishda davom etdi. Aksincha, oylik maosh olib ishlaydigan odamlarni ishga qabul qilish (xodimlarning) iyun oyida o‘rtacha 2019-yil darajasiga qaytdi, shu bilan birga, ayollarga nisbatan erkaklar orasida tezroq amalga oshdi.

Bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar 80 foizga tushib ketgandan so‘ng yangi ish o‘rinlari soni ko‘payishi iqtisodiyotning tiklanish belgilarini ko‘rsatmoqda. Ushbu pasayish 2019-yilning shu davriga nisbatan turizm, dam olish va ko‘ngil ochar xizmatlar (-95 foiz), restoranlar va barlar (-91 foiz), ta’lim (-85 foiz) sohalarida juda katta bo‘ldi. Iyun oyida tibbiyot va qurilish sohalarida jadal tiklanish kuzatilib, eng kam ta’sir ko‘rsatgan kasblar orasida ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan pasayish 50 foiz va undan ko‘proqni tashkil etdi.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash

Taxminan 3,8 million fuqaro hukumat yordamini turli shakllarda oldi. Pandemiya boshlanganidan keyin aholining 11 foizi to‘g‘ridan to‘g‘ri hukumat yordamini olganligi haqida xabar berdi. Yordamning eng katta qismi 92 foizi to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki vaucherlar shakllarida berilgan va, asosan, shaharlarda ko‘proq tarqalgan. Ko‘rsatilgan yordam hajmi asosan daromadi past xonadonlar bilan bog‘liqligi yuqori bo‘lib, mazkur dastur doirasida yordamning juda katta ulushi aynan ijtimoiy zaif uy xo‘jaliklariga yo‘naltirilganligini tasdiqlamoqda.

Moliyaviy farovonlik

Daromadini yo‘qotgan uy xo‘jaliklarida xarajatlarning oshishi va pandemiyaning iqtisodiy ta’siri haqida ko‘proq tashvishga solgan. Respondentlarning 53 foizga yaqini o‘z xarajatlarida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lganini ta’kidlamoqda. Ularning 60—65 foizi oxirgi 30 kun ichida odatdagidan ko‘proq pul sarflaganliklarini, qolganlari esa odatdagidan kamroq pul sarflaganliklarini bildirgan. Xarajatlarning oshishi inqiroz davrida daromad yo‘qotilishi bilan bog‘liq.

Inqirozdan oldin daromadi yuqori bo‘lgan uy xo‘jaliklari ta’siri ancha barqaror bo‘lib chiqdi. Xarajatlari ko‘payganini bildirgan respondentlarda karantindan oldin ham iste’mol darajasi yuqoriroq bo‘lgan.

Mahsulotlar tanqisligi

Iyun oyida mahalliy mahsulotlarning tanqisligi kamaydi. Respondentlarning taxminan 1 foizga yaqini jamg‘armalari tugaganini, bu aprel oyida e’lon qilingan 16 foizdan ancha past ekanligini ta’kidlagan. Ushbu mahsulotlar orasida oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, un narxlarining oshishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Dori-darmon va niqoblarning sotuvga chiqarilmagani haqida xabar berganlar aprel oyida 5 foizdan iyun oyida deyarli nolga tushdi.

Migratsiya va pul o‘tkazmalari

Pul o‘tkazmalarini qabul qiladigan uy xo‘jaliklarining ulushi iyun oyining boshida biroz tiklandi, ammo 2019-yilga nisbatan sezilarli darajada kam. Aprel oyida har qanday pul o‘tkazmalarini olgan uy xo‘jaliklari ulushi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar kamaydi, shundan so‘ng may va iyun oylarida biroz tiklandi. Pul o‘tkazmalarini olganlar uchun aprel oyida o‘tkazmalarning o‘rtacha hajmi 21 foizga kamaydi (inflyatsiyani hisobga olgan holda so‘mda), ammo may oyida Rossiya rublining kuchayishi natijasida o‘sdi.

Respondentlarning kam qismi oila a’zolari chet elda ishlashini ta’kidladi. Aprel oyida oila a’zolari xorijda ishlayotgan uy xo‘jaliklarining ulushi 2019-yilning xuddi shu davriga nisbatan 3 foiz punktga kam bo‘ldi. Xorijda bo‘lib turganlar orasida doimiy ish bilan band bo‘lganlar ulushi 88 foizdan qariyb 73 foizga tushib ketgan. Migratsiya mavsumiy ravishda ko‘paygan bir davrda, 2019- va 2020-yillar o‘rtasidagi tafovut may va iyun oylarida yanada ortdi. Aprel va iyun oylari orasida kelajakda chet elga migratsiyasini reja qilayotgan uy xo‘jaliklarining ulushi deyarli nolga tushdi.

Odamlarning fikrlari va xatti-harkatlari

Koronavirusning salbiy ta’sirlaridan xavotir yuqori bo‘lib qolmoqda. Respondentlarning deyarli barchasi COVID-19 nima ekanligini bilishlarini aytgan va 75 foizdan ko‘prog‘i COVID-19 bilan “juda yaxshi tanish” ekanligini aytgan. Aprel va iyun oylari orasida COVID-19’ning zararli ta’siridan xavotirlar biroz pasaydi: sog‘lig‘i uchun xavflardan “juda xavotirda” ekanligini bildirganlar 64 foizdan 60 foizga tushdi, iqtisodiy oqibatlardan “juda tashvishlanayotganlar” 61 foizdan 56 foizga tushdi.

Ko‘plab fuqarolarning ta’kidlashlaricha, ular hukumatning COVID-19 bilan bog‘liq rasmiy bayonotlaridan xabardor. Aprel oyida 75 foizi rasmiy e’lonlarni eshitganligini aytgan va iyun oyida bu raqam 80 foizga etgan. Deyarli hamma televizor axborotning asosiy manbai ekanligini ta’kidladi. Apreldan keyingi davrda ijtimoiy ommaviy axborot vositalari (12 foiz) va matnli xabarlar (15 foiz) ham ommabop manbalar bo‘lgan. Faqat bir necha fuqaro rasmiy e’lonlar to‘g‘risida gazetalar, radio yoki do‘stlaridan bilib olishlarini aytdi.

Taxminan 80 foiz respondentlarda pandemiya paytida ularning odatiy harakatlari o‘zgarganligini qayd etildi. Asosan, bu niqob taqish (98 foiz), oila a’zolari va do‘stlarinikiga tashriflarni qisqartirish (84 foiz), qo‘llarni tez-tez yuvish (81 foiz), qo‘l siqib ko‘rishish, o‘pishish, salomlashish (77 foiz), ijtimoiy masofa saqlash (72 foiz), uydan tashqarida ishlashga kamroq vaqt sarflash (51 foiz), o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish (17 foiz) da o‘z aksini topgan.

Respondentlar qo‘l yuvishga bo‘lgan talablari yuqori darajada o‘sib borayotganligini ma’lum qildi. So‘rovda qatnashganlarning ta’kidlashicha, ular qo‘llarini kuniga o‘rtacha 5,5 marta yuvadi, bu aprel oyida qayd etilgandan ko‘rsatkichdan 4,8 martaga ko‘p. Respondentlarning o‘rtacha qatlami qo‘llarini kuniga o‘rtacha 10 marta yuvishini qayd etgan.

Avvalroq O‘zbekistonga yarim yil davomida qancha sayyoh tashrif buyurgani ma’lum qilingan edi.

Янгиликлар