Xorijdan qaytgan 750 nafardan ortiq fuqaro Namangandagi yangi karantin hududiga joylashtirildi

Pop tumanidagi yangi qurib bitkazilgan karantin hududiga xorijdan qaytgan bir guruh fuqarolar joylashtirildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Koronaviurs profilaktikasi shtabi xabar berdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Koronaviurs profilaktikasi shtabi

Xorijdan, asosan, Rossiyadan qaytganlar soni jami 750 nafardan ortiqni tashkil etadi. Ularga 82 nafar tibbiyot xodimi biriktirilgan.

Karantin markaziga joylashtirilganlar O‘zbekistonning deyarli barcha hududlaridan bo‘lib, eng ko‘pi Samarqand, Andijon va Buxoro viloyatlari vakillari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Koronaviurs profilaktikasi shtabi

Ular uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Xonalar 4 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, televizor, sovutgich va dush bilan ta’minlangan. Kuniga uch mahal ovqat berilib, muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Foto: Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Koronaviurs profilaktikasi shtabi

Ma’lumot uchun, Popdagi karantin hududi 2020-yil iyun oyi o‘rtalarida qurib bitkazilgan bo‘lib, jami 1200 kishiga mo‘ljallangan.

Avvalroq O‘zbekiston fuqarolarini xorijdan olib kelish bo‘yicha navbatdagi charter reyslar jadvali e’lon qilingan edi. Shuningdek, Rossiyada o‘qiyotgan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba vatanga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар