O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari 118 taga ortib, umumiy kasallanganlar soni 19 mingga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 24-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 118 kishiga ortib, 18 986 nafarni tashkil etdi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanganlarning

  • 64 nafari Toshkent shahrida;
  • 31 nafar Samarqand viloyatida;
  • 18 nafari Toshkent viloyatida;
  • 5 nafari Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda 10 149 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan. 8734 nafar bemorga esa shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 118 nafari og‘ir, 30 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq Jizzaxda koronavirusga chalingan 57 yoshli ayol vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, koronavirusning og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlarda qanday alomatlar saqlanib qolayotgani, COVID-19’ga qarshi kurash uchun safarbar etilgan tibbiyot oliygohlari talabalariga qancha oylik to‘lanayotgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan bir guruh shifokorlar mukofotlandi.

Янгиликлар