Qo‘qonda “Nexia” salonidan radar detektori va pul o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida “Nexia” avtomashinasi salonidan pul va boshqa buyumlarni o‘g‘irlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.

Foto: Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 17-iyul kunidan 18-iyul kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar A.Xo‘qandiy mavzesida qarovsiz qoldirilgan “Nexia” avtomashinasi eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, mashina salonida bo‘lgan narxi bir million so‘mlik 1 dona “Smart S-50” nomli radar detektori, 50 AQSh dollari va 50 000 so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda 18-iyul kuni fuqaro X.U. Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘irlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati

Foto: Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.N. va voyaga yetmagan J.R. hamda Y.D.lar sodir etganligi aniqlanib, R.N.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Avvalroq Farg‘onada 700 ming so‘mlik telefonni o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olingani, Buvaydadagi do‘kondan jami 30,4 million so‘mlik telefonlarni o‘g‘irlagan voyaga yetmagan ikki bolaga jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар