Samarqandda koronavirus bemorlari soni 31 nafarga ko‘paydi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 24-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 18 986 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 31 tasi Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, viloyatda 2020-yil 23-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, infeksiyadan sog‘ayganlar soni 689 kishini tashkil etgan. Shuningdek, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Jizzax hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida jami 277 nafar bemor sog‘aygan.

Avvalroq Samarqandda bir sutkada 34 nafar kishida koronavirus aniqlangani, viloyatdagi “Registon” mehmonxonada koronavirusga gumon qilinganlarni saqlash va taqsimlash markazi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар