Samarqandda bir sutkada 34 nafar kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 23-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 18 531 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 34 tasi Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, viloyatda 2020-yil 22-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, infeksiyadan sog‘ayganlar soni 641 kishini tashkil etmoqda.

Avvalroq Samarqanddagi “Registon” mehmonxonada koronavirusga gumon qilinganlarni saqlash va taqsimlash markazi tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Samarqand viloyati SSB boshlig‘i hozirda aniqlanayotgan koronavirus bemorlarining barchasi aholi orasidan chiqayotgani, bemorlarining ko‘pchiligiga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilayotgani haqida gapirgandi.

Янгиликлар