Andijonda 95 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Andijon viloyatida 23-iyul, juma kuni 95 kishi koronavirusdan sog‘ayib, viloyatda umumiy tuzalganlar soni 648 nafarga yetdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 124 nafar, Andijon viloyatida 95 nafar, Sirdaryo viloyatida 63 nafar, Navoiy viloyatida 18 nafar, Namangan viloyatida 13 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 10 nafar, jami 323 nafar bemor tuzaldi.

Ma’lumot uchun, 23-iyul 23:30 holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida koronavirus bilan kasallanganlar soni 904 nafarni tashkil etmoqda. Viloyatda bir kishi koronavirusdan vafot etgan.

Avvalroq Andijonda yana 35 kishi koronavirus yuqtirib olgani xabar qilingandi.

Янгиликлар