Marg‘ilon hokimi shahar aholisiga murojaat bilan chiqdi

Marg‘ilon shahar hokimi Adham Ziyavitdinovning shahar aholisiga murojaati e’lon qilindi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Hokim o‘z murojaatida aholini pandemiya davrida mas’uliyatni his qilib, o‘zi va boshqalarning salomatligiga befarq bo‘lmaslikka chaqirgan.

“Bugun Sizlarga murojaat qilar ekanman, ushbu og‘ir va sinovli kunlarda har bir marg‘ilonlik nafaqat o‘zi, balki oila a’zolari, yaqinlari sog‘lig‘i uchun ham mas’ul ekanligini yana bir bor ta’kidlamoqchiman. Vahimaga berilmasdan, hammamiz birlashsak, avvalo, o‘zimiz va yaqinlarimizning, shu bilan birga, boshqalarning salomatligiga befarq bo‘lmasdan, uyda qolib, zaruratsiz, ehtiyojsiz ko‘chaga chiqmasdan, oilada farzandlar tarbiyasiga yanada e’tiborli bo‘lsak, sabr va matonatli, mehnatsevar, mehr-oqibatli xalqimiz bilan birga bu sinovni ham, albatta, yengib o‘tamiz!”

Adhamjon Ziyavitdinov, Marg‘ilon shahar hokimi

Shuningdek, hokim aholidan zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikni so‘ragan.

Avvalroq Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyev viloyatdagi pandemik holat yuzasidan hisobot bergani xabar qilingan edi.