O‘zbekistonda yana 181 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 89 nafari Qashqadaryoda qayd etilgan

O‘zbekistonda 24-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19 360 (+181) nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 89 nafari Qashqadaryo viloyatida, 80 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shunday qilib, O‘zbekistoda 10 472 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda O‘zbekistonda 8 782 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Vafot etganlar soni esa 106 nafarni tashkil etmoqda.

Янгиликлар