Qidiruvda bo‘lgan samarqandlik fuqaro Toshkentda ushlandi

Samarqand viloyati Urgut tumani IIO FMB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qidiruvdagi Q.I. qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

U Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 2-qismi bilan ayblanib, qidiruvda bo‘lgan. Urgut tumanida yashovchi Q.I. 1982-yilda tug‘ilgan. FMB xodimlari uni 2020-yil 23-iyul kuni Toshkent shahri hududida qo‘lga oldi.

Endi ushbu fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib boriladi.

Avvalroq Farg‘onada firibgarlik jinoyatini sodir etib, tergovdan yashiringan ayol qo‘lga olingani ma’lum qilingan edi.

Shuningdek, Toshkentda odam savdosi bilan shug‘ullanib, qidiruvda bo‘lgan ayol qo‘lga olingan edi.

Янгиликлар