Samarqandda Milliy gvardiya xodimlariga yangi xizmat avtomashinalari topshirildi

Milliy gvardiya Samarqand viloyati qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan Paxtachi tumanidagi 11-alohida otryadga “UAZ Patryot” rusumidagi 2 ta xizmat avtomashinasi topshirildi.

Foto: “O‘zA”

Boshqarma matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur transport vositalari pandemiya davrida aholi salomatligini asrash va koronavirusga qarshi kurashishda otryad ish samaradorligini oshirish maqsadida ajratilgan.

Shuningdek, bu tadbirdan tumanda joylashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli “Qoraqo‘ton” tog‘ konida tarkibida oltin bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshlarning noqonuniy qazib ketilishining oldini olish uchun obyektni ishonchli qo‘riqlash ko‘zlangan.

Avvalroq Sirdaryoda IIB va Milliy gvardiya xodimi sudyani kaltaklagan edi.

Янгиликлар