Andijonda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha fuqarolarga 470 bosh zotdor echki tarqatish boshlandi
Andijonda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning bir ko‘rinishi sifatida aholiga zotdor echkilar tarqatilishi davom etmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Paxtaobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
Echkichilikka ixtisoslashtirilgan “Abdulfayz-Abdulboriy” MChJ (klaster) tomonidan “Temir daftar”da qayd etilgan fuqarolarga 470 bosh zotdor echki tarqatish ishlari boshlandi. Paxtaobod tumani hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari mazkur klasterda bo‘lib, vaziyat bilan tanishdi. Echkilar har to‘rttala sektor hududidagi fuqarolarga teng taqsimot asosida tarqatilishi belgilab olindi.
Foto: Paxtaobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
Foto: Paxtaobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
Foto: Paxtaobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
Avvalroq Oltinko‘lda “Saxovat va ko‘mak” harakati doirasida ehtiyojmand oilaga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Andijonda kichik biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan ayollarga 100 milliard so‘m kredit ajratildi. Bunga qo‘shimcha Andijon hokimi viloyat volontyorlik markazi faoliyati bilan tanishdi.