O‘zbekistonda bir kechada 289 kishi koronavirusga chalindi. Jami kasallanganlar soni 21 mingga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 27-iyul soat 11:30 holatiga ko‘ra, 20 820 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallangan bemorlarning

  • 134 nafari Toshkent shahrida;
  • 79 nafari Toshkent viloyatida;
  • 22 nafari Buxoro viloyatida;
  • 18 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 18 nafari Namangan viloyatida;
  • 13 nafari Andijon viloyatida;
  • 3 nafari Jizzax viloyatida
  • 2 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda respublika bo‘ylab 11 105 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan bo‘lsa, 9598 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 152 nafari og‘ir, 65 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 65 yoshli erkak vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, O‘zbekistonda karantin cheklovlari 15-avgustgacha uzaytirilgani, Komil Allamjonov qattiq karantin oqibatlari haqida gapirib, og‘ir bemorlar va o‘limlar soni eplab bo‘lmaydigan darajada ortib ketishini ta’kidlagani, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni ambulator davolashga ixtisoslashgan “maxsus poliklinikalar” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingan edi.