Germaniya O‘zbekistonga tibbiyot buyumlari ko‘rinishida insonparvarlik yordami jo‘natdi (foto)
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga Germaniyadan insonparvarlik yordami yuklangan samolyot kelib qo‘ndi.
Foto: “O‘zA”
Ma’lum qilinishicha, gumanitar yordam tarkibida kislorod ballonlari, tibbiy niqoblar, aravachalar va kombinezonlar bor.
Foto: “O‘zA”
Foto: “O‘zA”
Foto: “O‘zA”
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning “Project Hope” tashkiloti O‘zbekistonga 600 ming dollarlik insonparvarlik yordamini yuborgan edi.
Keyinchalik Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti O‘zbekistonga 4 million dollarlik insonparvarlik yordami yubordi.
Shuningdek, Hindiston O‘zbekistonga insonparvalik yordami sifatida 7 million dona tabletka yubordi.