Toshkent shahrida koronavirusga chalingan erkak o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etdi

Toshkent shahrida COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olgan 52 yoshli fuqaro vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashagan O.T. ismli erkakda 19-iyul kuni COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan va Zangiota tumanidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 29-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 22169 tani tashkil etdi.

Avvalroq Toshkentda 73 yoshli bemor vafot etib, koronavirus qurbonlari soni 126 taga yetgani xabar qilngan edi.

Malumo tuchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 29-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 276 kishiga ko‘payib, 22 169 nafarni tashkil etdi. Hozirda respublika bo‘ylab 12 265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan bo‘lsa, 9777 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 209 nafari og‘ir, 88 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.