Namanganda koronavirusga chalinish bo‘yicha 30 ta yangi holat qayd etildi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 29-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 276 kishiga ko‘payib, 22 169 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 30 tasi Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, viloyatda koronavirusga chalingan bemorlar soni 2020-yil 28-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, 689 kishini tashkil etgan. Shundan 528 nafari sog‘ayganlardir. Hozirgi vaqtga qadar Namanganda 5 kishi infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

Avvalroq Namanganda koronavirusga chalingan 20 nafar bemor sog‘aygani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, viloyat hokimligi koronavirusni davolashda isiriq va atirgul hidlashni tavsiya qilgani ma’lum qilingan.

Янгиликлар