“Xorijdagi fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish ishlarini tashkil etishda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatga ega emas” — Ortiqxo‘ja Norov

Charter reyslar orqali xorijdagi Ozbekiston fuqarlarini vatanga qaytarish ishlarini tashkil etishda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatga ega emas. Bu haqida AOKA huzuridagi shtabda bolib otgan brifingda migratsiya agentligi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Takidlanishicha, xorijdagi fuqarolarni vatanga qaytarish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori asosida charter reyslar tashkil etiladi. Mazkur reyslarga O‘zbekistonning o‘sha hududdagi konsullik idoralari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi va ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritilishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, Pastdarg‘om tumanida 1000 o‘rinli karantin hududi ishga tushirilgan va charter reys bilan Vladivostok va Sankt-Peterburg shaharlaridan 450 nafar fuqaro olib kelinib, karantin markaziga joylashtirilgan. Hozirda yana 500 nafar fuqaro Rossiyadan olib kelinishi kutilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida qo‘shimcha charter reyslari amalga oshirilishi haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар