Farg‘onada ikki bosh qoramolni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida 26-iyul kuni fuqaro R.S. Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, ikki bosh qoramoli o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 25-iyul kuni noma’lum shaxs “Yakkavut” mahallasi hududida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydonida fuqaro R.S.ning qarovsiz qoldirilgan narxi 15 million so‘mlik ikki bosh qoramollari yashirin ravishda o‘g‘irlab ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni O.T. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Avvalroq Farg‘onada o‘g‘rilik sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani hamda Quvasoyda bedarak yo‘qolgan fuqaro Toshkent viloyatidan topilgani haqda xabar berilgandi.