Samarqandda bir kechada 43 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 22 872 (+287) nafarni tashkil etmoqda.

Shulardan 43 nafari Samarqand viloyatida qayd etildi.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qayd etish joiz, viloyatda jami kasallanish holati 938 taga yetdi. Sog‘ayganlar 769 nafarni tashkil etib, viloyatda 3 nafar bemor infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

Ayni paytda mamlakatda 12 937 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (57 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 9 803 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 365 nafari og‘ir, 172 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар