Farg‘onada firibgarlik bilan hisobiga bir million so‘mdan ortiq pul o‘tkazib olgan shaxs javobgarlikka tortildi

Farg‘ona shahrida aldov yo‘li bilan hisobiga 1 200 000 so‘m pullarni o‘tkazib olgan shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bozor yo‘li ko‘chasida joylashgan Paynet shoxobchasida fuqaro X.B. 15-iyun kuni Q.N.ning ishonchiga kirib, CLICK tizimi orqali plastik kartasi hisobiga 1 200 000 so‘m pulni o‘tkazib berishini va shu pulga teng miqdorda naqd pul berishini aytgan. Biroq bergan va’dasini bajarmasdan, aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Avvalroq Farg‘onada o‘ziga tegishli bo‘lmagan uyni 7 ming dollarga sotib yuborgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Haj ziyoratiga jo‘nataman deb, fuqaroni 32 mln so‘mga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, O‘zbekiston hamkorlikda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni aytib, tanishini 32 500 dollarga “uxlatgan” shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Янгиликлар