O‘zbekistonning barcha hududlari 10-iyuldan “qizil” toifaga o‘tkaziladi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 8-iyul kuni Respublika maxsus komissiyasi axboroti yuzasidan brifing tashkil etildi. Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning barcha hududlari epidemiologik toifasi 10-iyuldan boshlab “qizil” bo‘ladi. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustga qadar karantin tartibi keskin kuchaytirilmoqda. Jumladan, to‘ylar taqiqlanib, bolalar bog‘chalari yopiladi. Viloyatlararo avtotransport qatnovi to‘xtatiladi, avtomobildan foydalanish yana cheklanadi.