Shavkat Mirziyoyev xorijda qolgan barcha o‘zbekistonliklar olib kelinishini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi 8-iyul, chorshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda budjet tushumlarini so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda Prezident mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tgan va shu paytga qadar xorijiy davlatlardan 90 mingdan ortiq fuqaro olib kelinganini aytib o‘tgan.

“Yana bir marta xalqimizga murojaat qilib aytmoqchimanki, chet eldagi qolgan fuqarolarimizni, albatta, olib kelamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, Rossiya—Qozog‘iston chegarasida to‘plangan fuqarolarni tizimli ravishda, tartib bilan olib kelish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston 10-iyuldan 1-avgustgacha kuchaytirilgan karantin rejimiga qaytadi. Respublikaning barcha hududlari 10-iyuldan “qizil” toifaga o‘tkaziladi.

Янгиликлар