Farg‘onada ikki ayol xonadonga oʻgʻirlikka tushib, 29 mln so‘mni “uxlatgan”i aniqlandi

Farg‘onadagi xonadonga oʻgʻirlikka tushib, 29 million so‘mni tunagan 2 ayolga jinoiy ish ochildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Qayd etilishicha, 28-iyun kuni Ahmad Yassaviy koʻchasida yashovchi M.X. IIBga murojaat qilib, unda 27-iyundan 28-iyunga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon mehmonxonasida boʻlgan 29 million soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandi (Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib ancha miqdorda o‘g‘irlik sodir etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Gʻ.F. va X.U. sodir etganligi aniqlanib, X.U.ga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Avvalroq Marg‘ilonda fuqaroning mashinasini sotib olishga kelishib uni 4 300 dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olingani, Qo‘qonda talonchilik qilgan shaxs ushlangani xabar berilgan edi.

Янгиликлар