“Cho‘qintirgan ota” filmi musiqasi bastakori Ennio Morrikone vafot etdi

Foto: Reuters

Italiyalik bastakor, “Oskar” mukofoti sovrindori Ennio Morrikone 91 yoshida Rim shahridagi klinikada vafot etdi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Morrikone oilasining do‘sti Jorjio Assummaning so‘zlariga ko‘ra, bastakor umrining so‘nggi daqiqalarida rafiqasi Mariya bilan xayrlashib, shaxsiy va ijodiy hayotida u bilan birga bo‘lgan do‘stlari, farzandlari va nevaralariga minnatdorchilik bildirgan.

Morrikone kino san’atiga musiqa janrini olib kirgan ijodkor hisoblanadi. U o‘nlab kinokartinalarga saundtreklar yozgan, shu jumladan “Yaxshi, yomon, yovuz”, “Bir paytlar Yovvoyi G‘arbda”, “Bir zamonlar Amerikada”, “Pianinochi afsonasi”, “Professional” filmlari uchun musiqa yaratgan.

Kventin Tarantinoning rejissorligida suratga olingan “Jirkanch sakkizlik” filmi musiqasi uchun Morrikone 2016-yilda “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Birinchi “Oskar”ni esa 2007-yilda kino san’ati riovojiga qo‘shgan ulkan xizmatlari uchun qo‘lga kiritgan.

Янгиликлар