O‘zbekistonda oliy ta’limning deyarli barcha bo‘g‘inlarida korrupsion holatlar kuzatilayotgani ma’lum bo‘ldi

Respublika oliy ta’lim Kengashining navbatdan tashqari kengaytirilgan onlayn yig‘ilishida Bosh prokuratura huzuridagi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo‘lim boshlig‘i Jahongir Ibragimov oliy ta’lim sohasida sodir etilayotgan iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiya holatlari yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, oliy ta’lim muassasalarida pora so‘rash, budjet mablag‘larini o‘zlashtirish o‘quv-ta’lim jarayonlarining deyarli har bir bo‘g‘inida qayd etilmoqda.

Korrupsiyaviy xavf, asosan, quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:

– Ijodiy imtihoni bor fakultetlarga o‘qishga kiritib qo‘yish;

– O‘qishni bir oliy o‘quv yurtidan boshqasiga ko‘chirish, fakultet yoki yo‘nalishni o‘zgartirish;

– Kitob yoki ilmiy maqolalarni nashr etishda rahbar o‘zini muallif qatoriga qo‘shishi;

– Talabani yotoqxonalarga joylashtirish (100 ming so‘mdan 200 dollargacha);

– Kurs ishlari, bakalavr bitiruv malakaviy ishini qabul qilishda;

– Dars soatlarini taqsimlash, ishga qabul qilish, lavozimni o‘zgartirish, ta’lim muassasasida ishlamaydigan shaxslarga, ya’ni “o‘lik jon”larga ish haqi hisoblash;

– Soxta diplomlar mavjudligi, diplomlarni nostrifikatsiya qilishda poraxo‘rlik va korrupsiyaning boshqa shakllari mavjud;

– Qurilish uchun ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirish, kanselyariya mollari uchun ajratilgan mablag‘larni tanish korxonalarga pul ko‘chirish yo‘li bilan (narxlari oshirilgan holda) sotib olish va o‘rtadagi farqni haq sifatida olish;

– Oliy ta’lim muassasalari hududidagi nashriyot, savdo do‘kon, oshxonalar faoliyati yuzasidan ijara pullarini shartnomalarda kam rasmiylashtirib, qolgan summani naqd holatda o‘zlashtirish. nashriyot, savdo do‘kon, oshxonalar faoliyati yuzasidan ijara pullarini shartnomalarda kam rasmiylashtirib, qolgan summani naqd holatda o‘zlashtirish.

Avvalroq O‘zbekiston oliygohlarida to‘lov-kontrakt miqdori bo‘yicha o‘zgarishlar yo‘qligi va sirtqi ta’lim 100 foiz masofaviy shaklga o‘tkazilishi ma’lum qilingan edi.

Янгиликлар