Andijonda 38 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi
Andijon viloyatida 38 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Foto: Andijon viloyati hokimligi
Ma’lum qilinishicha, bugun, 16-iyul kuni Andijon viloyatida davolanayotgan bemorlarning 38 nafari koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan.
Avvalroq Andijonda koronavirus qayd etilgan 98 nafar bemor sog‘aygandi. Shundan so‘ng viloyatda 15-iyul 17:30 holatiga ko‘ra, 81 nafar, 23:30 holatiga ko‘ra, yana 31 nafar holatda koronavirusga chalinganlar qayd etilgandi.