Andijonda 40 nafar bemorda koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 18-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 15 896 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 40 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, 17-iyul holatiga ko‘ra, Andijonda infeksiya qayd etilgan bemorlarning 353 nafari sog‘aygan.

Avvalroq Andijonda yana 25 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlar bepul dori-darmon bilan ta’minlanadi.

Янгиликлар